Masjidda juma namozi vaqtida portlash yuz berdi

Olam

image

Bugun, 8 oktyabr kuni Afg‘oniston shimolidagi Qunduz shahrida shialar masjidida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda “Aamaj News” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, portlash mahalliy vaqt bilan soat 13:30 larda ko‘plab odamlar juma namozini o‘qish uchun yig‘ilganida yuz bergan. Hudkush-terrorchi masjid ichida portlovchi moslamani faollashtirgan.

Shu bilan birga, “Ariana News” telekanalining guvohlarga tayanib xabar berishicha, 50 kishining jasadi morgga olib borilgan.

Afg‘onistonning Axborot va madaniyat vaziri vazifasini bajaruvchi Zabihulla Mujohid portlash sodir bo‘lganini tasdiqlagan.

“Bugun kunduzi Qunduz viloyatida shia vatandoshlarimizning masjidida portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda qurbon va jabrlanganlar bor. Bizning maxsus otryadimiz hodisa joyiga yetib bordi va tekshiruv boshladi”, degan u Twitter sahifasida.

“Tolibon”ning boshqa bir vakili Muhammad Jalolga ko‘ra, portlash “Xuroson islom davlati” guruhi tomonidan uyushtirilgan. Bu viloyat toliblar nazoratiga o‘tganidan keyingi ilk terakt bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

masjid

Baholaganlar

1054

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing