Tojik-afg‘on chegarasida Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston harbiylarining mashg‘ulotlari boshlandi

Olam

image
0:00
0:00
download
200 dan ortiq o‘zbek harbiylari tojik-afg‘on chegarasiga bordi north_east

200 dan ortiq o‘zbek harbiylari tojik-afg‘on chegarasiga bordi

Tojikistonning Afg‘oniston bilan chegarasi yaqinida joylashgan “Xarbmaydon” harbiy poligonida Rossiya, Tojikiston va O‘zbekistondan harbiy xizmatchilar ishtirokida qo‘shma mashg‘ulotlar boshlandi. Bu haqda TASS xabar bermoqda. Ta’kidlanishicha, 2,5 ming harbiy qatnashayotgan mashg‘ulotlar 10 avgustgacha davom etadi.  

“Biz Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston va O‘zbekiston Respublikalari Qurolli Kuchlari bo‘linmalari bilan qo‘shma mashg‘ulotlarni ochyapmiz. Zamonaviy dunyoda harbiy tahdidlar kuchayib bormoqda, vaziyat keskinlashib, oldindan aytib bo‘lmaydigan holatga kelgan. Birgalikda mashqlar o‘tkazish orqali biz to‘plangan jangovar tajribani tekshiramiz, qo‘shinlardan foydalanishning maqbul shakllarini sinovdan o‘tkazamiz va harbiy harakatlarni o‘tkazishda umumiy yondashuvlarni ishlab chiqamiz”, degan Rossiya Markaziy harbiy okrug qo‘mondoni o‘rinbosari, general-leytenant Yevgeniy Poplavskiy. 

Ochilishda Tojikiston Qurolli Kuchlari tomonidan mamlakat Mudofaa vazirining o‘rinbosari, general-mayor Abduxoshim G‘ulomzoda ishtirok etgan. O‘zbekiston nomidan Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘ining o‘rinbosari, polkovnik Farrux Ziyaboyev nutq so‘zlagan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 avgust kuni O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining 200 dan ortiq askari qo‘shma mashg‘ulotlarda qatnashish uchun Tojikistonga kelgandi. Mashqlarda Tojikiston, Rossiya va O‘zbekiston harbiy xizmatchilari Afg‘onistondan Tojikiston hududiga to‘dalar ko‘chishi masalasida birgalikda harakatlar ishlab chiqadi.  

Ma’lumot o‘rnida, Afg‘onistonda “Tolibon” harakati hujumlari ko‘payishi ortidan qo‘shni davlatlarga, xususan, Tojikiston va O‘zbekistonga afg‘on fuqarolari va askarlarining qochib o‘tish holatlari ko‘paydi. Buning ortidan Tojikistonning Jayxun tumanida afg‘onistonlik qochqinlar uchun lager qurilishi boshlandi. Unga 2,24 gektar yer maydoni ajratilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Tojikiston O'zbekiston

Baholaganlar

93

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing