Adliya organlariga yangi vakolat berilmoqda
Jamiyat
−
25 noyabr 2023
7837Adliya organlariga intellektual mulk hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlikni qo‘llash vakolati beriladi. Bu haqda senatorlar tomonidan ma’qullangan “O‘zbekiston adliya organlari tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunda keltirilgan.
Ushbu qonun bilan Bojxona kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartirish orqali endilikda eksport rejimida ham intellektual mulkni himoya qilinishi nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, tovar belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnomalarni berish muddati qisqartirilmoqda.
Bundan tashqari, adliya organlariga intellektual mulk hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlikni qo‘llash vakolati berilmoqda.
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlaridan foydalanishda 50 foizlik chegirma qo‘llanilishi belgilanmoqda.
LiveBarchasi