Adel muxlisi uchun konsertini to‘xtatdi

Madaniyat-san’at

image

Britaniyalik estrada xonandasi Adel zal qo‘riqchilari muxlislardan birini bezovta qilayotgani sabab konsertni to‘xtatdi. Bu haqda “The Hollywood Reporter” nashri xabar berdi. 

Gap shundaki, xonanda Las-Vegasda bo‘lib o‘tayotgan konserti davomida muxlislaridan birini qo‘riqchilar bezovta qilayotganini sezib qolib, kuylayotgan “Water under the bridge” qo‘shig‘ini to‘xtatadi. 

"Siz nima qilyapsiz? Nega hammangiz uni bezovta qilyapsiz? Iltimos, uni yolg‘iz qoldiring!” degan Adel qo‘riqchilariga qarata. 

Keyin esa noqulaylik uchun tomoshabinlardan uzr so‘ragan va bezovta qilingan muxlisiga xotirjam bo‘lishini aytgan.

“Ular endi sizni bezovta qilmaydi, azizim. Shou sizga yoqadi”, dedi u.

Shuningdek, qo‘shiqchi konsert davomida umurtqa pog‘onasidagi og‘riq kuchaygani uchun yiqilib, qimirlolmay qolganini aytdi. Shu sababli qo‘shiqchi konsert paytida bu takrorlanmasligiga ishonch hosil qilish uchun tanaffus qilishga majbur bo‘ldi.

"Mening chap oyog‘imda siyatik kasalligi bor va mening L5 diskim  endi avvalgidek emas", degan xonanda avvalroq bergan intervyularidan birida. 

Adel shuningdek, umrining yarmini bel og‘rig‘i bilan o‘tkazayotgani, bu qiynoqlar stress vaqti yanada kuchayishi va ilk bor qovurg‘asini 15 yoshida sindirib olganini eslagan.

Eslatib o‘tamiz, Amerikaning “The Killers” guruhi solisti Brendon Flauers Gruziyaning Batumi shahridagi konsertida muxlislarning “rusofobiyasi” sabab kutilmagan vaziyatga duch keldi. U ijtimoiy tarmoq orqali muxlislaridan uzr so‘rashga majbur bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

kontsert Adel' muxlis og'riq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing