Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti kimga berilgani ma’lum bo‘ldi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Adabiyot bo‘yicha 2021 yilgi Nobel mukofotiga Zanzibarda tug‘ilgan va Buyuk Britaniyada faoliyat yuritgan Abdulrazzoq Gurna sazovor bo‘ldi. Bu haqda Nobel qo‘mitasi xabar berdi. 

Ta’kidlanishicha, yozuvchi mukofotni “mustamlakachilik oqibatlari va qochqinlar taqdiri to‘g‘risida murosasiz va rahmdil tushuncha” hamda “madaniyatlar va qit’alar orasidagi “jarlik”ni” tadqiq qilgani uchun olgan. 

21 yoshida boshlagan karerasi davomida Gurna qochqinlar haqida o‘nta roman va bir nechta hikoyalar nashr etgan. 

Nobel qo‘mitasi 1994 yilda nashr etilgan “Jannat” romanini yozuvchining yutuqli ishi deb atagan. Bundan avval, kitob Buker va Uitbred mukofotlarining qisqa ro‘yxatiga kiritilgan edi. 

Qo‘mita a’zolari, shuningdek yozuvchining “Sahro” va “Oxirat hayoti” romanlarini alohida ta’kidlagan. 

Ma’lumot o‘rnida, Gurna 73 yoshda. U Buyuk Britaniyaga 1960-yillarning oxirida qochqin sifatida kelgan. Yozuvchi nafaqaga chiqqunga qadar Kenterberidagi Kent universitetida ingliz tili va postkolonial adabiyoti professori bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilgi adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti amerikalik shoira Luiza Glyukka berilgandi. 

Ma’lumot o‘rnida, Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti laureati ertaga, 8 oktyabr kuni Osloda e’lon qilinadi. Iqtisodiyot bo‘yicha mukofot egasi 11 oktyabrda ma’lum bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Nobel' adabiyot

Baholaganlar

91

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing