Abu-Dabida drondan uyushtirilgan hujum uch kishining o‘limiga sabab bo‘ldi

Olam

image

Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabidagi xalqaro aeroportga dron orqali uyushtirilgan hujum oqibatida uch kishi halok bo‘ldi va yonilg‘i omborida yong‘in kelib chiqdi.

BAA politsiyasining ma’lum qilishicha, halok bo‘lganlarning ikki nafari hindistonlik va biri pokistonlik muhojirlar bo‘lgan.

“Uchta yonilg‘i rezervuarini portlashiga kichkina uchar jism uyushtirgan hujum sabab bo‘lgan”, deyiladi politsiya bergan bayonotda. 

Bundan tashqari, asosli dalillarga tayanib ma’lum qilinishicha, hujum Yamanning “Ansorulloh” (Hutiylar) jangari guruhi tomonidan amalga oshirilgan.

Ma’lumot uchun, Yamanda 2014 yildan buyon Saudiya Arabistoni qo‘llovidagi koalitsiya va Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan hutiylar harakati o‘rtasida tinimsiz to‘qnashuvlar amalga oshirib kelinadi.

Bundan avval hutiylar guruhi Yamandagi arab davlatlari koalitsiyasini qo‘llab-quvvatlab keluvchi Saudiyaga hujum qilgan edi. Ular 2021 yil 25 dekabr kuni Saudiya-Yaman chegarasidagi hududni snaryaddan o‘qqa tutgan. Hujum tinch aholi orasidan 2 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan edi.

Saudiyada uyushtirilgan qo‘poruvchilikdan so‘ng Hutiylar arab harbiy koalitsiyasini qurol-yaroq bilan ta’minlaydigan Birlashgan Arab Amirliklari harbiy bazasiga hujum qilish bilan tahdid qilgan.

Yamanda hukumat va qo‘poruvchi guruhlar o‘rtasida yuzaga kelgan to‘qnashuvlar oqibatida 2014 yilda hukumat a’zolari mamlakat poytaxti Sanoni tashlab qochishga majbur bo‘lgan. Shundan so‘ng hokimiyat hutiy isyonchilar guruhi tomonidan egallab olingan. 2015 yilda Saudiya Arabistoni qo‘llab-quvvatlovi ostidagi harbiy koalitsion guruh va hutiylar o‘rtasida qonli to‘qnashuvlar boshlangan.

Behruz Saidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Abu-Dabi

Baholaganlar

208

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing