Abu-Dabi shayxi o‘ziga dunyodagi eng katta Hummer'ni yasatib oldi

Bu qiziq

image

Abu-Dabi shayxi o‘ziga odatdagidan uch barobar katta Hummer egasiga aylandi. Bu haqda “Semidnevnaya panorama” nashri xabar berdi.

BAAda namoyish etilgan dunyodagi eng katta Hummer H1 X3 avtomobili 16 metr uzunlik, 6 metr kenglik va 7 metr balandlikka ega. Mashinaning umumiy og‘irligi – 60 tonna. 

Har bir g‘ildiragining balandligi esa 2,2 metrni tashkil etadi – ular shayxga 25 ming AQSH dollariga tushgan.

Mashinaning ichiki ko‘rinishi hashamatli uyni eslatadi. Ichkariga kirish uchun zinapoyadan ko‘tarilish kerak. Birinchi qavatda hammom, ikkinchi qavatda 60 kvadrat metr maydonni egallovchi yashash xonasi va oshxona mavjud. Unda shuningdek, hojatxona va bar ham bor.

U umumiy quvvati taxminan ming ot kuchiga ega to‘rtta dizel dvigateli bilan jihozlangan. Gigant avtomobilning maksimal tezligi 32 km/soatni tashkil etadi.

Hummer H1 X3 ning ulkan o‘lchamlari tufayli uni haydash qiyinchilik tug‘diradi. Shu sababli avtomobilni ko‘chaga faqat politsiya hamrohligida haydab chiqish mumkin.

 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

dunyo Abu-Dabi Hummer

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing