Abu-Dabi “Katta Dubulg‘a” turniri. Hikmatilloh To‘rayev finalda

Sport

image

Bugun, 28 noyabr kuni BAA mamlakati poytaxti Abu-Dabi shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi musobaqaning ikkinchi kungi bahslari davom etmoqda.

73 kg vazn toifasidagi tatamiga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik dzyudochi Hikmatilloh To‘rayev musobaqaning finaliga yo‘l oldi. U deyarli 10 daqiqa davom etgan yarim final bahsida London-2012 Olimpiadasi chempioni, Rio-2016 hamda Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining kumush va bronza medali sohibi gruziyalik Lasha Shavdatuashvilini mag‘lubiyatga uchratdi. 
   
Hikmatilloh To‘rayevning oltin medal uchun kechadigan final uchrashuvida raqibi mo‘g‘ulistonlik Tsogbaatar Tsendochir bo‘ladi.

To‘rayev chorak finalda tojikistonlik Somon Mahmadbekovni, ikkinchi davrada esa saudiyalik Abdulloh Hamadni “ippon” bahosi evaziga mag‘lubiyatga uchratgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 81 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Arslonbek Tojiyev o‘zining musobaqadagi ikkinchi bellashuvida ukrainalik Gevorg Manukyanni qo‘shimcha daqiqalarda “vazari” bahosi bilan mag‘lubiyatga uchratib, chorak finalga yo‘l olgan.


 


Maqola muallifi

Teglar

BAA Abu-Dabi Hikmatilloh To'raev “Katta Dubulg'a” Arslonbek Tojiev

Baholaganlar

17

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing