Abror Muxtor Aliy nega qamalgani ochiqlandi

3-sahifa

Avvalroq, bloger Abror Muxtor Aliy 15 sutkaga qamalgani haqida xabar bergandik. Unga nisbatan nega ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgani ochiqlandi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 6 fevral kuni Abror Muxtor Aliy Shayxontohur tumani hokimligiga o‘z ishi bilan borgan va shu yerda boshqa bir fuqaro X.N. bilan jahl ustida baqir-chaqir qilib, janjal ko‘targan. So‘ng ichki ishlar organlari xodimlari vaziyatga aralashgan, biroq ular militsiyaning qonuniy talabini bajarmasdan, ommani o‘ziga jalb qilib, IIO xodimlariga nisbatan soxta uydirmalarni tarqatgan.

O‘sha kunning o‘zida bo‘lib o‘tgan sud majlisida ikkala sudlanuvchi ham aybiga iqror ekanini bildirgan. 

Sud qaroriga ko‘ra, ularning har ikkalasiga 340 ming so‘m miqdoridagi jarima va 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Shuningdek, sud ularning oilaviy sharoitini inobatga olib, sudlanuvchilarni qamoqda saqlash bilan bog‘liq xarajatlardan ozod qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning fevral oyida Toshkent shahri, Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy sudi Abror Muxtor Aliyga nisbatan jurnalist Nikita Makarenkoning bergan arizasini ko‘rib chiqib, diniy blogerga BHMning 20 baravari (6 mln so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Abror Muxtor Aliy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing