Abror Muxtor Aliy hibsga olindi
3-sahifa
−
08 fevral
66261Joriy yilning 6 fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Shayxontohur tumani sudi qarori bilan taniqli diniy bloger Abror Muxtor Aliy (Abror Abduazimov) qamoqqa olindi. Bu haqda O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov ma’lum qildi.
Uning yozishicha, bloger Abror Muxtor Aliy O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) va 195-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchini bajarishiga qarshilik ko‘rsatish)da ifoda qilingan huquqbuzarlikni sodir etishda aybli deb topilgan.
QALAMPIR.UZ manbasining xabar berishicha, diniy bloger 15 sutkaga qamalgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning fevral oyida Toshkent shahri, Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy sudi Abror Muxtor Aliyga nisbatan jurnalist Nikita Makarenkoning bergan arizasini ko‘rib chiqib, diniy blogerga BHMning 20 baravari (6 mln so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlagandi.