Abxaziyada Prezidentga qarshi namoyish boshlandi
Olam
−
09 yanvar 2020
6046Abxaziyada namoyishlar boshlandi. Namoyishchilar Prezident ma’muriyati binosi oldida davlat rahbari Raul Xajimba iste’fosini talab qilmoqda. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.
Namoyishchilar Abxaziya Prezidenti ma’muriyati binosiga bostirib kirib, deraza va eshiklarni sindirib tashlashgan.
Binoga kirishda yig‘ilganlar Prezident o‘z lavozimini tark etishi kerakligini aytmoqda.
Hukumat namoyishlarni davlat to‘ntarishiga urinish sifatida baholab, bu mamlakat konstitutsiyasiga ko‘ra jazolanishini ma’lum qildi.
Avvalroq hukumatparast "Abxaziya milliy birligi forumi" partiyasi va "Abaash" faxriylar jamoat tashkiloti muxolifatning norozilik namoyishini o‘tkazish chaqiriqlariga javob bermaslikka chaqirgan edi.
Ushbu tashkilotlarga ko‘ra, Abxaziya muxolifat kuchlarining bir qismi, jumladan “Amsaxara” va “Birlashgan Abxaziya” partiyalari mamlakatda vaziyatni izdan chiqarishga qaratilgan bayonotlar bilan chiqishgan. Muxolifat tomonidan "Prezidentning noqonuniyligi" va tashkilotlarda "hozirgi hukumatning to‘lovga layoqatsizligi" haqidagi bayonotlar asossiz deb atalgan.
LiveBarchasi