Abxaziyada favqulodda holat e’lon qilinishi mumkin
Olam
−
09 yanvar 2020 8371 1 daqiqa
Avvalroq, Abxaziyada namoyishlar boshlangani haqida xabar bergan edik.
Abxaziya Prezidenti Raul Xajimba Suxum shahridagi vaziyat tufayli mamlakatda favqulodda holat e’lon qilinishi mumkinligini istisno qilmadi. Ushbu bayonot bugun, 9 yanvar kuni Prezidentning veb-saytida e’lon qilindi.
“Barcha davlat idoralari doimiy rejimda ishlaydi. Kuch ishlatar tuzilmalar kuchaytirilgan rejimga o‘tkazildi. Agar kerak bo‘lsa, men mamlakatda favqulodda holat joriy qilish choralarini ko‘raman. Hodisalarning shu ko‘rinishda rivojlanishi Xavfsizlik Kengashida ham muhokama qilingan", deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, namoyishchilar Prezident ma’muriyati binosiga hujum qilib, davlat rahbarining iste’fosini talab qilmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025