Abxaziya rahbari iste’foga chiqmasligini aytdi (video)
Olam
−
16 noyabr
2462Tan olinmagan Abxaziya respublikasi rahbari Aslan Bjaniya muxolifat talablariga zid ravishda iste’foga chiqmasligini aytdi. Bu haqda kecha, 15 noyabr kuni “Apsny Yahia” Telegram-kanali xabar berdi.
“Abxaziya prezidenti, Abxaziya vitse-prezidenti, bosh vazir, hukumat a’zolari Abxaziyada bo‘ladi va ishlashda davom etadi”, degan u.
Bjaniya matbuot xizmati uning murojaatidan keyin u Rossiya harbiy bazasi hududiga ko‘chirilgani haqidagi da’volarni rad etgan.
“Bjaniya o‘zi tug‘ilib o‘sgan Tamish qishlog‘ida”, deya ishontirmoqda matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq tan olinmagan Abxaziya respublikasida muxolifat vakillari hukumat binolari majmuasini to‘liq nazoratga olgani, tartibni ta’minlash uchun ichkarida bo‘lgan kuch tuzilmalari xodimlari esa binolarni tark eta boshlagani xabar qilingandi. Namoyishchilar avvaliga Suxumidagi “prezident” ma’muriyati binosi eshigini buzib kirib, u yerni egallab olgan. Keyinchalik muxolifat hukumat binolari majmuasining barcha qismlarini, shu jumladan, respublika vazirlar mahkamasi va parlament binosini ham nazoratga olgan. Buning ortidan tartibni saqlashga mas’ul bo‘lgan kuch tuzilmalari xodimlari binolarni tark etishni boshlagan.
LiveBarchasi