Yana ikki tumanda yangicha hisoblagichlar o‘rnatish boshlandi
Jamiyat
−
02 Oktabr 2019
6190Bugun, 2 oktyabr kuni Janubiy Koreyaning “KT Sorporation” kompaniyasi bilan hamkorlikda Buxoro viloyatining Jondor va Shofirkon tumanlari iste’molchilariga ham zamonaviy elektr hisoblagichlarni o‘rnatish ishlari boshlandi. Jondor tumanida 36 323 ta va Shofirkon tumanida 33 654 ta hisoblagich o‘rnatilishi belgilangan.
Hozirda Buxoro shahar, Qoravulbozor, G‘ijduvon, Peshku, Kogon, Vobkent, Olot, Romiton va Qorako‘l tumanlarida zamonaviy elektr hisoblagichlar o‘rnatilmoqda. 2019 yil yakuniga qadar viloyatning barcha tumanlarida zamonaviy elektr hisoblagichlar to‘liq o‘rnatilishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, hisoblagichlar iste’molchilarga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablag‘lari hisobidan bepul o‘rnatilmoqda.
Avvalroq, Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani va Surxondaryo viloyatning ma’muriy markazi Termiz shahrida elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish ishlari boshlangani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi