Yangi “schyotchik”lar uchun reglament tasdiqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan, elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini qiyoslashdan o‘tkazish bo‘yicha ma’muriy reglamentlar tasdiqlandi. 

2019 yil 1 noyabrdan boshlab hisobga olish uskunalarini qiyoslovdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.

Qarorga ko‘ra, hisobga olish uskunalarini qiyoslash davriyligi yuridik shaxslar uchun – 4 yil, jismoniy shaxslar uchun – 8 yilni tashkil etishi belgilangan. 
Mazkur Reglament yuridik va jismoniy shaxslarga Davlat xizmatlari markazlari orqali elektr energiyasini hisobga olish (hisoblagich) uskunasini yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilaydi. 

Biroq mazkur reglament talablari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini jadal joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 13 noyabrdagi PQ-3384-son qaroriga ko‘ra, o‘rnatilayotgan hisobga olish uskunalari, shuningdek, o‘lchov komplekslariga nisbatan tadbiq etilmaydi. 

Ya’ni ayni paytda o‘rnatilayotgan elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)da ishlovchi zamonaviy elektr hisoblagichlar 8 yilda emas, 10 yilda bir marta davlat qiyoslovidan o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

qiyoslov 10 yilda

Baholaganlar

96

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar