Abdusattorovning xalqaro turnirdagi ishtiroki yakunlandi

Sport

image

Germaniyaning Dyusseldorf shahri mezbonlik qilgan shaxmat bo‘yicha nufuzli “WR Chess Masters” turniri bahslari ortda qoldi. Kecha, 25 fevral kuni musobaqaning so‘nggi 9-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Oxirgi turda musobaqa jadvalida 5-o‘rinni egallab turgan amerikalik Uesli Soga qarshi dona surgan o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov yakunda durang natijaga imzo chekdi. 

Shunday qilib, Nodirbek 9 ta turda 4 ochko to‘plab turnirni 9-o‘rinda tugatdi. AQSH vakili Levon Aronyan 5,5 ochko bilan musobaqa g‘olibi bo‘ldi. Hindistonlik Gukesh Domarju 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, rossiyalik Yan Nepomnyashiy 3-pog‘onani band etdi. So‘nggi turda Abdusattorov bilan bahs olib borgan Uesli So turnirni 4-o‘rinda yakunladi.

Eslatib o‘tamiz, Abdusattorov Germaniyadagi turnirdan avval Niderlandiya mezbonlik qilgan nufuzli chempionatda ishtirok etib, kumush medalni qo‘lga kiritgandi. Niderlandiya turnirida Nodirbekni ortda qoldirgan Anish Giri “WR Chess Masters” musobaqasida 6-pog‘onani band etdi.


Maqola muallifi

Teglar

shaxmat Nodirbek Abdusattorov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing