Xalqaro turnirda Abdusattorov ikkinchi, Sindorov uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi

Sport

image

Niderlandiya mezbonlik qilgan “Tata Steel Chess-2023” xalqaro turniri o‘z poyoniga yetdi. Dunyoning eng kuchli shaxmatchilari o‘rin olgan “Masters” guruhida ham bahslar yakunlandi.

G‘oliblikka asosiy da’vogar bo‘lib kelgan o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov so‘nggi turda mezbon Van Forestga qarshi dona surib, mag‘lubiyatga uchradi va 2-o‘rin bilan kifoyalandi. Ushbu guruhda mezbon Anish Giri g‘olib bo‘ldi. Oxirgi turda Giri rumiyalik Richard Rapport ustidan g‘alaba qozonib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.

“Challenger” guruhida bahslarga kirishgan o‘zbekistonlik Javohir Sindorov so‘nggi turda mezbon Tomas Berdsenga qarshi dona surdi. Oq donalarda ustunlikni qo‘lga olgan Sindorov yakunda g‘alaba qayd etib, musobaqada 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Sindorov umumiy 13 imkoniyatdan 8,5 ochko jamg‘ardi. Turnir davomida Sindorov faqatgina bir marta mag‘lubiyatga uchradi.

“Challenger” guruhida 1-o‘rin germaniyalik Aleksandr Donchenkoga nasib etdi. 2-pog‘onani turkiyalik Mustafa Yilmaz egalladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made