Abdusattorov yangilangan FIDE reytingida nechanchi o‘rinni egalladi?

Sport

image

Germaniyaning Dyusseldorf shahrida o‘tkazilayotgan nufuzli “WR Chess Masters” turnirining 2-turida g‘alabaga erishgan Nodirbek Abdusattorovning FIDE reytingidagi o‘rni yanada yaxshilandi.

Xalqaro turnirdagi natijalari orqali Abdusattorov 7,7 reyting baliga ega chiqdi.

Yanvar oyida Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahri mezbonlik qilgan “Tata Steel Chess” xalqaro turnirida shov-shuvli natijalar qayd etgan Abdusattorov reytingda 12 pog‘ona yuqorilab, 18-o‘rinni band etib turgandi. Dyusseldorfdagi musobaqada hozircha bir g‘alaba va durang qayd etib turgan Abdusattorov yangilangan jadvalda 2741,7 ochko bilan 14-o‘rinni egalladi.


Maqola muallifi

Teglar

Abdusattorov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing