Abdusattorov va Karlsen xalqaro turnirda yetakchilik qilmoqda
Sport
−
16 yanvar 2023 6885 1 daqiqa
Ayni kunlarda Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida shaxmat bo‘yicha 85-nufuzli “Tata Steel 2023” turniri bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqada o‘zbekistonlik shaxmatchilar Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorov ham ishtirok etmoqda.
Dunyoning reytingi baland 14 nafar shaxmat ustasi ishtirok etayotgan musobaqada 2-tur bahslari ortda qoldi. “Masters” guruhida o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazayotgan Abdusattorov dastlabki turda ruminiyalik Rixard Rapportni mag‘lubiyatga uchratdi. Ikkinchi turda Nodirbek amerikalik mashhur shaxmatchi Fabiano Karuanaga qarshi dona surib, durangga imzo chekdi.
Ortda qolgan ikki turdan so‘ng norvegiyalik amaldagi jahon tojdori Magnus Karlsen, o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov, Xitoy vakili Din Lijen va mezbon shaxmatchi Anish Giri 1,5 tadan ochko jamg‘arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr