Abdusattorov nufuzli turnirda mag‘lubiyatsiz yurishini davom ettirdi

Sport

image

Ayni kunlarda Chexiya poytaxti Praga shahrida shaxmat bo‘yicha “Prague Chess Festival 2024” turniri o‘tkazilmoqda. Musobaqaning 3-turida o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov mezbon shaxmatchi David Navaraga qarshi dona surdi.

Dramatik ko‘rinish olgan partiya yakunida O‘zbekiston vakilining qo‘li baland keldi. Mazkur g‘alaba orqali 19 yoshli Abdusattorov Xalqaro shaxmat federatsiyasining (FIDE) onlayn reytingida top-8'ga kirib oldi.

Qayd etish joiz, bir necha kun oldin Nodirbek FIDE reytingida kuchli o‘ntalikka kirgan birinchi o‘zbekistonlik shaxmatchiga aylangandi. 1 fevral holatiga ko‘ra, o‘zbekistonlik shaxmatchi reytingda 15-o‘rinda borayotgandi. U bir oy ichida jadvalda yetti pog‘ona yuqoriladi.

Ma’lumot uchun, Praga turnirining Abdusattorov 4-turida hindistonlik Gukesh Domarajuga qarshi bahs olib boradi.

 


Maqola muallifi

Teglar

shaxmat Nodirbek Abdusattorov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing