Abdusattorov xalqaro turnirda rossiyalik shaxmatchiga imkon qoldirmadi

Sport

−

image

Ayni kunlarda Germaniyaning Dyusseldorf shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli “WR Chess Masterd” turniri o‘tkazilmoqda. Bugun, 17 fevral kuni O‘zbekiston vakili Nodirbek Abdusattorov musobaqadagi ikkinchi o‘yinini o‘tkazdi.

2-turda oq donalarda rossiyalik Andrey Yesipenkoga qarshi bahs olib borgan Abdusattorov 41-yurishdan so‘ng, g‘alabaga erishdi.

Rossiyalik shaxmatchilar mazkur turnirda FIDE bayrog‘i ostida ishtirok etmoqda.

Eslatib o‘tamiz,Nodirbek Abdusattorov turnirning 1-turida ham rossiyalik grossmeysterga qarshi bahs olib borgandi. O‘zbekistonlik shaxmat ustasi jahon reytingida 2-pog‘onani band etib turgan Yan Nepomnyashiyga bilan o‘yinda murosa yo‘lini tanlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing