Abdusattorov xalqaro turnirda chempion bo‘ldi
Sport
−
21 dekabr 2022
7672Ozarbayjonning Baku shahrida shaxmat bo‘yicha grossmeyster Viktor Gashimov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir davom etmoqda. Dunyoning nomdor 10 nafar shaxmatchisi qatnashayotgan turnirda Nodirbek Abdusattorov rapid yo‘nalishida o‘z peshqadamligini saqlab qolib, chempionga aylandi.
Uchinchi kun dasturida o‘zbekistonlik shaxmatchi 1 ta g‘alaba 2 ta durang natija bilan umumiy 14 ochko to‘pladi. Nodirbek 7-turda turnirdagi asosiy raqibi Rauf Mamedovni mag‘lubiyatga uchratdi. Keyingi turlarda Abdusattorov ruminiyalik Richard Rapport hamda so‘nggi turda hindistonlik Gukesh bilan bahsda durangga imzo chekdi.
O‘zbek shaxmatchisi umumiy 9 ta partiyaning to‘rttasida g‘alaba, 5 ta partiyada durang qayd etib rapid yo‘nalishida g‘olib bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, 21 dekabrdan shaxmatchilar blits yo‘nalishida bahslarga kirishadi.