Abdusattorov xalqaro musobaqada g‘olib bo‘ldi
Sport
−
25 may 2023 8040 1 daqiqa
O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov “ChessKid” onlayn turnirida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Musobaqaning finalida Abdusattorov niderlandiyalik Yorden van Forestga qarshi dona surdi. Bahs 2,5:1,5 hisobida o‘zbekistonlik shaxmatchining foydasiga hal bo‘ldi. Grossmeysterlar o‘rtasidagi 4 ta partiyaning 3 tasida durang qayd etildi. 3-partiyada Nodirbek qora donalarda raqibidan ustun keldi.
Abdusattorovning Yorden van Forest bilan yo‘llari oldin ham ko‘p kesishgan. “Tata Steel Chess-2023” xalqaro turnirida ham ikki shaxmatchi o‘zaro kuch sinashgan va bahsda niderlandiyalik shaxmatchining qo‘li baland kelgandi.
Eslatib o‘tamiz, oxirgi marta Abdusattorov onlayn tarzda o‘tkazilgan “Chessable Masters” xalqaro turnirining 2-divizionida g‘olib bo‘lgandi. Nodirbek shu yilning mart oyida Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Rustam Qosimjonov xalqaro turniri”da ishtirok etib, 5-o‘rin bilan kifoyalangandi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr