O‘zbekistonning 2 shaxmatchisi FIDE reytingida kuchli beshlikka kirdi

Sport

−

image

46-Butunjahon shaxmat olimpiadasidan so‘ng shaxmatchilarning yangi reytingdagi natijalari ma’lum bo‘ldi. Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) oktyabr oyi uchun xalqaro reytingni e’lon qildi.

Ochiq reytingda Javohir Sindorov 2782 ochko bilan 4-o‘rinda qayd etilgan. U sentyabr oyida 2778 ochkoga ega bo‘lgan, ya’ni bir oyda reyting ochkolarini 4 taga oshirgan. Nodirbek Abdusattorov esa 2780 ochko bilan 5-o‘rinni egallagan. Uning sentyabr oyidagi ko‘rsatkichi 2762 ochko bo‘lib, 18 ta ochko qo‘shilgan.

Nodirbek Yoqubboyev 2712 ochko bilan 26-o‘rinda qayd etilgan. U sentyabr oyida 2685 ochkoga ega bo‘lgan va bir oyda 27 ta ochko yig‘gan. Rustam Qosimjonovning natijasi 2665 ochko bo‘lib, avvalgi oyga nisbatan o‘zgarmagan. Shamsiddin Vohidov esa 2649 ochko bilan 66-o‘rinni egallagan, sentyabr oyidagi 2654 ochkoga nisbatan 5 ta ochko yo‘qotgan.

Ochiq reytingda esa norvegiyalik Magnus Karlsen 2823 ochko bilan 1-o‘rinda qayd etilgan. AQSH vakillari Hikaru Nakamura 2792 ochko bilan 2-o‘rinni, Fabiano Karuana 2784 ochko bilan 3-o‘rinni band etgan.

Ayollar reytingida Afruza Hamdamova 2447 ochko bilan 26-o‘rinda qayd etilgan bo‘lib, sentyabr oyida uning natijasi 2443 ochko edi, ya’ni bir oyda 4 ochko qo‘shgan. Gulruxbegim Tohirjonova esa 2349 ochko bilan 91-o‘rinda qayd etilgan va uning natijasi avvalgi oyga nisbatan o‘zgarmagan.

Jahon ayollar reytingida xitoylik Xou Yifan 2596 ochko bilan 1-o‘rinda turibdi. Uning hamyurti Chju Jiner 2559 ochko bilan 2-o‘rinni, Chju Venjun esa 2553 ochko bilan 3-o‘rinni egallagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmatchilarni Samarqandda o‘tkazilgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasidagi tarixiy g‘alaba bilan tabriklagani va ularga mukofotlarni topshirgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing