Abdusalom Azizov MTJ a’zolari bilan uchrashdi

Sport

image

Bugun, 27 may kuni Davlat xavfsizlik xizmati raisi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizov milliy terma jamoa a’zolari bilan uchrashdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi ma’lum qildi.

Unda, shuningdek, MOQ raisining birinchi o‘rinbosari, O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov, O‘zbekiston futbol faxriylari kengashi raisi To‘lagan Isoqov ham ishtirok etishdi.

Abdusalom Azizov MTJ oldida turgan musobaqalarning mas’uliyati, nomzodlarning asosiy tarkibga loyiqligini isbotlashi qanchalik zarurligi, har bir o‘yinga sidqidildan tayyorlanish lozimligi haqida gapirib o‘tdi.

Ijobiy natijaga erishish uchun O‘FA tomonidan barcha zarur sharoitlar taqdim etilishi ta’kidlandi. Abdusalom Abdumavlonovich mas’uliyatli turnirda jamoaga omad tiladi.

O‘zbekiston MTJ ertaga, 28 may kuni so‘nggi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazish uchun BAAga jo‘nab ketadi.

Iyun oyida esa futbol bo‘yicha JCH-2022 hamda OK-2023 qo‘shma saralash bahslari doirasida terma jamoamiz joy olgan guruhning qolgan o‘yinlari Saudiya Arabistonida markazlashgan tarzda bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi Singapur, Yaman va Saudiya Arabistoni vakillariga qarshi o‘ynaydi.

Bosh murabbiy Vadim Abramov Saudiya Arabistonida o‘tadigan JCH-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo‘shma saralash bosqichidagi hal qiluvchi uchrashuvlar uchun 28 nafar futbolchini jalb etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Abdusalom Azizov futbol

Baholaganlar

165

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing