Abdusalom Azizov Xavfsizlik kengashi tasarrufiga o‘tkazildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq raisi, general-leytenant Abdusalom Azizov Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi tasarrufiga o‘tkazildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi. 

U 2019 yildan beri DXX raisi sifatida ishlab kelayotgandi. Azizov Xavfsizlik kengashida qaysi lavozimda ish boshlashi va bu o‘zgarish nimani anglatishi aniq emas.

Ma’lumot uchun, Abdusalom Abdumavlonovich Azizov 1960 yilning 20 yanvarida Toshkent shahrida tug‘ilgan. U O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.  2003-2006 yillarda “O‘zbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi boshqaruv raisi, 2006-2008 yillarda “O‘zbekneftmahsulot” AK bosh direktori, 2005 yilda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i, 2008 yilning noyabr-dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, 2008 yil dekabrdan 2009 yil dekabrgacha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, shu bilan birga O‘zbekiston futbol federatsiyasining vitse-prezidenti, 2009 yildan 2017 yilgacha Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, 2017 yil yanvardan sentyabrgacha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, 2017 yil sentyabrdan 2019 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri lavozimlarida faoliyat yuritgan.  U 2017 yilda general-mayor, 2019 yilda general-leytenant harbiy unvoni bilan taqdirlangan. 

Eslatib o‘tamiz, Azizov lavozimidan ozod qilingach, mudofaa vaziri sifatida ishlab kelayotgan Bahodir Nizomovich Qurbonov Davlat xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlangandi. Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Shuhrat G‘ayratjonovich Xolmuhammedov Mudofaa vaziri etib tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Abdusalom Azizov DXX Xavfsizlik kengashi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing