Abdulla Qodiriy nomidagi bog‘ni Ortiqxo‘jayevga aloqador kompaniya rekonstruksiya qiladi

Jamiyat

image

Poytaxtning Olmazor tumanida joylashgan Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ini rekonstruksiya qilish uchun tenderni Toshkent shahrining sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga aloqador kompaniya qo‘lga kiritgan. Bu haqda kecha, 13 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan e’lon qilingan tender bayonida aytilgan.

Qayd etilishicha, sobiq hokimga tegishli kompaniya qariyb 33 milliard so‘mga bog‘ni rekonstruksiya qiladi. Qayta qurish ishlarini 270 kun muddatda tugatish belgilangan.

Keltirilishicha, joriy yilning 21 fevral kuni Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ini Toshkent shahar hokimligi huzuridagi yangi tadbirkorlik markazini qurish va ekspluatatsiya qilish Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ini rekonstruksiya qilish uchun 34 milliard 88 million so‘mlik tender e’lon qilgan.

Mazkur tenderni qariyb 33 mlrd so‘mlik taklif bilan Jahongir Ortiqxo‘jayevga aloqador kompaniya qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ortiqxo'jaev Abdulla Qodiriy nomidagi bog'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing