Abdulfattoh as-Sisi Turkiyaga yetib bordi (video)
Olam
−
04 Sentabr
3879Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anning taklifiga binoan Turkiyaga birinchi rasmiy tashrifini amalga oshirmoqda. Bu haqda TRT Haber xabar berdi.
Sisi Esenbog‘a aeroportida Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an tomonidan kutib olindi. Tashrif davomida Misr rahbari uchun Prezidentlik majmuasida rasmiy marosim o‘tkaziladi. Bu 12 yil ichida ilk bor Prezidentning Misrdan Turkiyaga tashrifi sifatida alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Avval xabar berilganidek, uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlardan tashqari, dolzarb mintaqaviy va global muammolar, ayniqsa Isroilning G‘azo va bosib olingan Falastin hududlariga hujumlari yuzasidan fikr almashiladi. Mahalliy vaqt bilan 17:00 da qo‘shma matbuot anjumani o‘tkazish rejalashtirilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasida savdo aloqalarini rivojlantirish va energiya, mudofaa, turizm, sog‘liqni saqlash, madaniyat va ta’lim sohalarida hamkorlik qilish uchun 20 ga yaqin shartnoma imzolanishini kutilmoqda. Shuningdek, qayta tiklanadigan energiya va suyultirilgan gaz bo‘yicha hamkorlikni chuqurlashtirish rejalashtirilgan.
LiveBarchasi