Abdulaziz Komilov yangi lavozimga tayinlandi

Jamiyat

image

Abdulaziz Hafizovich Komilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Bildirilishicha, yangi tayinlov munosabati bilan Abdulaziz Komilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimidan ozod etilgan.

Ma’lumot uchun, Abdulaziz Komilov 1947 yil 16 noyabrda tug‘ilgan. Hozirda u 77 yoshda. U 2012 yildan 2022 yil apreligacha O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri lavozimida faoliyat yuritdi. 2022 yilning 27 aprel kuni Prezidentning tegishli farmoni bilan Komilov Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining Tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Komilov 2022 yil 16 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimini egallagandi.

Eslatib o‘tamiz, Abdulaziz Komilov 2023 yilda Yaponiya Imperatori Naruxito tomonidan “Chiqayotgan quyosh katta kordon” ordeni bilan,  2024 yilda Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning tegishli farmoni bilan Turkmanistonning “Hurmatli el yoshullisi” (“Hormatly il ýaşulusy”) unvoni bilan, Italiya Prezidentining 2024 yil 27 dekabrdagi qaror bilan Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun” ordenining “Ofitser” darajasi bilan mukofotlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Abdulaziz Komilov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing