Abdulaziz Komilov AQSH Davlat kotibi o‘rinbosari bilan uchrashdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidentining Tashqi siyosat bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov kecha, 7 aprel kuni Vashingtonda AQSH Davlat kotibi o‘rinbosari Kristofer Landau bilan uchrashdi. Bu haqda AQSH Davlat departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, uchrashuv davomida AQSH O‘zbekistonning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini hamda AQSH-O‘zbekiston strategik sherikligini yanada ilgari surishini yana bir bor ta’kidlangan.

Shuningdek, Davlat kotibi o‘rinbosari O‘zbekistonning fuqarolik atom energetikasi, muhim foydali qazilmalar va iqtisodiyotning boshqa biznes sohalariga investitsiyalar kiritish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholagan hamda noqonuniy immigratsiya va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy hamkorlik uchun O‘zbekistonga minnatdorlik bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo Tadqiqot markazlari forumidagi ochilish marosimida Markaziy Osiyoning geosiyosiy va iqtisodiy roli o‘sib borayotgan bir paytda Yevropa Ittifoqi bilan strategik hamkorlikni chuqurlashtirish zarurligi haqida gapirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Abdulaziz Komilov O'zbekiston Milliy xavfsizlik kengashi raisi o'rinbosari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing