Abbosbek Fayzullayev Osiyo kubogining eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘ldi
Sport
−
26 fevral
14439O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Moskvaning SSKA klubi a’zosi Abbosbek Fayzullayev Qatar yashil maydonlarida bo‘lib o‘tgan Osiyo kubogining eng yaxshi yosh futbolchisi, deb topildi. Bu haqda musobaqa rasmiy sahifasi ma’lum qildi.
Abbosbek Fayzullayev musobaqa davomida 2 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. 20 yoshli futbolchi mazkur sovrin uchun kurashda janubiy koreyalik Li Kan-In, yaponiyalik Takefusa Kubo, saudiya arabistonilik Abdulloh Radif va indoneziyalik Marselino Ferdinanni ortda qoldirdi.
Ma’lumot uchun, 20 yoshli Fayzullayev o‘tgan yozda SSKAga o‘tgan edi. “Armiyachilar” tarkibida hujumkor yarim himoyachi 18 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fayzullayev Amerika klubi taklifini rad etgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi