Abbosbek Fayzullayev Osiyo kubogi finalida qatnashmaydi
Sport
−
01 may 2024 24183 1 daqiqa
Moskvaning SSKA klubi a’zosi Abbosbek Fayzullayev Qatar mezbonlik qilayotgan U-23 Osiyo kubogining finalida O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Fayzullayev bugun, 1 may kuni O‘FAning SSKA bilan kelishuviga muvofiq, navbatdagi muhim o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun Moskvaga yo‘l olgan.
“O‘FA Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritishda legionerimizning terma jamoamiz ixtiyoriga yetib kelishiga ko‘maklashgani uchun SSKA klubiga minnatdorchilik bildiradi”, deyiladi manba xabarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hojimat Erkinov va Abduqodir Husanov ham finalda ishtirok etmasligi xabar qilingandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025