Abbosbek Fayzullayev Olimpiya jamoasi bilan Osiyo kubogida ishtirok etadi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Moskvaning SSKA klubi a’zosi Abbosbek Fayzullayev bir necha kunlardan so‘ng Qatar yashil maydonlarida start oladigan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogida qatnashadi. Bu haqda xalqaro jurnalist Aleksandr Troitsko o‘z Telegram sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Fayzullayev SSKAning “Lokomotiv” bilan o‘yinidan keyin 14 aprel kuni to‘g‘ridan to‘g‘ri Qatarga yetib boradi. Bu degani 20 yoshli futbolchi musobaqada jamoadoshlariga to‘liq yordam bera oladi.

Kecha, 2 aprel kuni Milliy Olimpiya qo‘mitasi binosida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aynan legioner futbolchilarni Temur Kapadze boshqaruvidagi jamoa safiga jalb etish masalasiga ham to‘xtalib o‘tilgandi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Ravshan Ermatovga ko‘ra, hozirda ikki legioner futbolchini jamoa safiga jalb qilish masalasi ijobiy bosqichda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abbosbek Fayzullayevning O‘zbekistonning eng qimmat futbolchisi sifatida e’tirof etilgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

TsSKA Abbosbek Fayzullaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made