Abbosbek Fayzullayev O‘zbekistonning eng qimmat futbolchisi – “Transfermarkt”
Sport
−
03 aprel 2024 17127 2 daqiqa
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi hududidagi davlatlarning eng qimmat futbolchilari ro‘yxati e’lon qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Moskvaning SSKA klubi a’zosi Abbosbek Fayzullayev O‘zbekistonning eng qimmat futbolchisi deb e’tirof etildi. Bu haqda “Transfermarkt” xabar berdi.
Fayzullayevning transfer qiymati 5 million yevroni tashkil qiladi. MDH mamlakatlari ichidagi eng qimmat futbolchi gruziyalik Xvichi Kvaratsxeliya bo‘ldi. Italiyaning “Napoli” klubida to‘p tepadigan Kvaratsxeliya 80 million yevroga baholangan.
Ro‘yxat:
Gruziya: Xvicha Kvaratsxeliya (80 million yevro, “Napoli”);
Ukraina: Aleksandr Zinchenko (42 million yevro, Londonning “Arsenal” klubi);
Rossiya: Aleksandr Golovin (30 million yevro, “Monako”);
Armaniston: Eduard Spersyan (18 million yevro, “Krasnodar”);
Qozog‘iston: Baxtiyor Zaynutdinov (6 million yevro, “Beshiktosh”);
Moldova: Oleg Ryabchuk (5 million evro, “Spartak Moskva”);
O‘zbekiston: Abbosbek Fayzullayev (5 million yevro, SSKA);
Litva: Gvydas Gineitis (2 million yevro, “Torino»);
Estoniya: Karl Xayn (2 million yevro, Londonning “Arsenal” klubi);
Belarus: Ilya Shkurin (2 million yevro, “Stal”);
Ozarbayjon: Renat Dadashov (2 million yevro, “Xatayspor”);
Latviya: Raymonds Krollis (1,5 million yevro, “Vishkov”);
Tojikiston: Rustam Yatimov (1,2 mln yevro, “Istiqlol”);
Qirg‘iziston: Guljigit Alikulov (550 ming yevro, “Neman”);
Turkmaniston: Ruslan Mingazov (450 ming yevro, “Kitchi”).
E’tiborlisi, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va Italiyaning “Kalyari” klubi hujumchisi Eldor Shomurodovning ham transfer narxi 5 million yevroni tashkil qiladi, biroq yosh nuqtayi nazaridan portal Fayzullayevni O‘zbekistonning eng qimmat futbolchisi deb topdi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28