Abbosbek Fayzullayev dubl qayd etgan o‘yinda SSKA g‘olib bo‘ldi
Sport
−
28 Sentyabr 2024 15292 1 daqiqa
Futbol bo‘yicha Rossiya Premer Ligasining 10-turi doirasida SSKA “Ahmat”ga qarshi bahs olib bordi.
Moskvaning SSKA klubi jamoasi raqibi ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Abbosbek Fayzullayev esa o‘yinda dublni rasmiylashtirdi. 19 va 50-daqiqalarda o‘zbekistonlik futbolchi golga mualliflik qildi. Yana bir gol Xelven hisobiga yozildi.
SSKA 17 ochko bilan musobaqa jadvalida 4-o‘rinda bormoqda.
SSKA – Axmat 3:0
"VEB Arena"
Gollar: 1:0 – 19 Fayzullayev, 2:0 – 42 Xelven, 3:0 – 50 Fayzullayev.
Ogohlantirishlar: Kamilo (11), Samorodov (83), Kislyak (83).
Eslatib o‘tamiz, avvlroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Moskvaning SSKA klubi a’zosi Abbosbek Fayzullayevning transfer narxi 6 million yevroga yetdi. Bu bilan u O‘zbekistonning eng qimmat futbolchisiga aylandi. Bu borada Fayzullayev 28 yoshli O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodovni ortda qoldirdi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr