Abbosbek Fayzullayev “Bashakshehir”ning eng qimmat futbolchisi bo‘ldi

Sport

image

Avvalroq, o‘zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullayev Turkiyaning Istanbul shahri sharafini himoya qiluvchi “Bashakshehir” klubiga ko‘chib o‘tgani xabar qilingan edi. Ushbu transfer orqali u yangi jamoasida eng qimmat futbolchiga aylandi. Bu haqda “Tranfermarkt” portali ma’lumotlarida keltirilgan.

Portal 21 yoshli o‘zbekistonlik hujumkor yarim himoyachini 8 mln yevroga baholamoqda. Undan keyin esa yaqinda Italiyaning “Roma” klubidan “Bashakshehir”ga ko‘chib kelgan boshqa bir o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov o‘rin olgan. “Tranfermarkt” Shomurodovning transfer bahosini 5 mln yevro etib belgilagan. Kuchli uchlikda Gana va Angliya fuqaroligiga ega 26 yoshli himoyachi Jerome Opoku turibdi. Portal uning ham transfer narxini 5 mln yevro qilib qayd etgan.

Ma’lumot uchun, “Bashakshehir” klubining umumiy bahosi 63 mln yevroni tashkil qilmoqda. Jamoada 6 nafar milliy terma jamoa futbolchisi bor. Legionerlar esa 14 nafarni tashkil qiladi. Jamoaning o‘rtacha yoshi – 25,4. O‘tgan mavsumda klub milliy chempionatda 5-o‘rinni egallagan.


Maqola muallifi

Teglar

Eldor Shomurodov Abbosbek Fayzullaev Bashakshehir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing