Rasman: Abbosbek Fayzullayev “Bashakshehir” futbolchisi bo‘ldi
Sport
−
30 iyul 8833 1 daqiqa
O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi va Rossiyaning SSKA klubi sobiq futbolchisi Abbosbek Fayzullayev rasmiy ravishda Istanbulning “Bashakshehir” klubiga o‘tdi. Bu haqda klub o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida ma’lum qildi.
Klubning rasmiy bayonotiga ko‘ra, 21 yoshli yarimhimoyachi bilan 5 yillik shartnoma tuzilgan.
“O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi Abbosbek Fayzullayev bilan besh yillik shartnoma imzolandi. U bungacha Rossiyaning SSKA klubida to‘p surgan. Fayzullayevga oilamizga xush kelibsiz deymiz va klubimizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, transfer qiymati 7 million yevroni tashkil etgan.
Ma’lumot uchun, 21 yoshli futbolchi joriy mavsum 39 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 3 ta gol va 7 ta golli uzatma bor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik 29 yoshli xujumchi Eldor Shomurodov Italiyaning “Roma” klubidan Turkiyaning Istanbul shahri sharafini himoya qiluvchi “Bashakshehir” klubiga ko‘chib o‘tgani xabar qilingandi. Istanbul klubi Shomurodovni 2025-2026 yilgi mavsum so‘ngiga qadar sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olgan.
Live
Barchasi