Shomurodov yangi mavsumni gol bilan boshladi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari – Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev Turkiya Superligasining yangi mavsumini gol va assist bilan boshladi.

Kecha, 16 avgust kuni 1-tur doirasida “Bashakshexir” o‘z maydonida “Kojaelispor”ni qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvda har ikki o‘zbekistonlik futbolchi ham asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Hisob 14-daqiqada ochildi. Abbosbek Fayzullayev jamoadoshi Kristofer Operining goliga assistentlik qildi. 23 yoshli yarim himoyachi 63-daqiqada zaxiraga olindi.

Eldor Shomurodov esa uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, 75 daqiqa maydonda harakat qildi. O‘zbekistonlik hujumchi 72-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qilib, yangi mavsumdagi birinchi golini urdi.

Shu tariqa, “Istanbul Bashakshexir” yangi mavsumni ishonchli g‘alaba bilan boshladi. 

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov o‘tgan 2025-2026 yilgi mavsumda Turkiya Superligasida to‘purari bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing