A seriya o‘yinlari davom etadi: SSV bunga qarshi

Sport

image

Kecha, 5 yanvar kuni Italiya A seriyasi rahbariyati favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi va unda chempionat o‘yinlarini koronavirus sabab qoldirmaslikka qaror qilindi.

Musobaqa futbol protokoliga amal qiladi, unga ko‘ra, agar jamoalarda eng kamida 13 nafar sog‘lom o‘yinchi, shu jumladan darvozabon bo‘lsa, o‘yin o‘tkazilishi shart.

Biroq bu qaror pandemiya sababli jamoalarni karantinga olish va o‘yinlarni bekor qilish huquqiga ega bo‘lgan mintaqaviy Sog‘liqni saqlash vazirliklari (ASL) tomonidan tan olinmasligi mumkin.

Shuningdek, bugun, 6 yanvar kuni start oladigan 20-tur o‘yinlari arafasida Sog‘liqni saqlash vazirligi Bolonya, Salernitana va Torino vakillari izolyatsiyaga olinishini talab qilmoqda. Chunki ushbu jamoalarning 7 nafar xodimida koronavirus holati qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 yanvar kuni “Parma” klubining 43 yoshli darvozaboni Janluiji Buffonda ham koronavirus aniqlangan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Torino Italiya A seriyasi Salernitana Bolon'ya ASL

Baholaganlar

11

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing