Shomurodov faoliyatini qayerda davom ettiradi?
Sport
−
31 Yanvar 2024 7833 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Rimning “Roma” klubi a’zosi Eldor Shomurodov “Salernitana” jamoasi a’zosiga aylanishi mumkin. Bu haqda sport jurnalisti Xrach Xachatryan o‘z X sahifasida ma’lum qildi.
28 yoshli Shomurodov hozirda “Kalyari” futbolchisi hisoblanadi. “Bo‘rilar” uni mavsum oxiriga qadar Sardiniya jamoasiga ijaraga bergandi.
Hozirda Salernitana A Seriya turnir jadvalida oxirgi o‘rinda bormoqda. 22 ta o‘yindan keyin jamoa hisobida 12 ochko mavjud.
Ma’lumot uchun, Italiya A Seriyasining joriy mavsumida 28 yoshli Eldor Shomurodov “Kalyari” safida 11 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z nomiga 2 ta assist yozdirib qo‘ydi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr