“Bolonya” “Milan”ni mag‘lub etgan holda Italiya kubogiga ega chiqdi
Sport
−
15 may 3583 1 daqiqa
Kecha, 14 may kuni Italiya kubogi finalida “Milan” va “Bolonya” jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi va unda minimal hisobda “Bolonya” g‘alaba qozonib, Italiya kubogiga ega chiqdi.
Uchrashuvning 53-daqiqada nominal mehmonlar hujumchisi Ndoye milanliklar darvozasini ishg‘ol qildi. Ushbu gol o‘yin yakuniga qadar yagonaligini saqlab qoldi.
Shu tariqa, “Bolonya” 51 yil deganda sovrin qo‘lga kiritdi. Jamoa o‘z tarixida 3-marta Italiya kubogida zafar quchdi.
Live
Barchasi