Ronaldu bilan gazetalardagina munosabatim yaxshi emas — Allegri

Sport

image

“Yuventus” bosh murabbiyi Massimiliano Allegri hujumchi Krishtianu Ronalduning jamoadagi faoliyati haqida gapirdi.

“Ronaldu biz uchun foydali futbolchi, chunki u ko‘plab gollarni kafolatlaydi. Shubhasiz, biz ham futbolchilarimizdan maksimal darajada foydalanish uchun bir jamoa bo‘lib ishlaymiz. Roni har doim yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan. Men faqat gazetalardagina u bilan yaxshi munosabatda emasman. Krishtianu menga “Yuventus”da qolishini aytdi”, deydi murabbiy matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 2018 yilda “Yuventus”ga “Real Madrid”dan 117 million yevro evaziga xarid qilingan edi. Portugaliyalik futbolchi “Keksa sinora” safida YeCHL, Italiya A seriyasi va kubok bahslarida 97 uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 81 ta gol kiritgan.

Ma’lumot uchun, Massimiliano Allegri 2014-2019 yillarda ham Yuventusni boshqargan va klub bilan 5 marta Italiya chempionligini qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Yuventus Futbol Krishtianu Ronaldu Massimiliano Allegri Italiya A seriyasi

Baholaganlar

53

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing