“Torino” Shomurodov ijarasi uchun qancha to‘lamoqchi?

Sport

image

Turinning “Torino” klubi “Roma” hujumchisi – o‘zbekistonlik Eldor Shomurodov ijarasi uchun rimliklariga qancha to‘lamoqchiligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Sport-ekspress” nashri yozmoqda.

Qayd etilishicha, turinliklar O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori ijarasi uchun poytaxt klubiga 1 million yevro to‘lamoqchi. Shuningdek imzolanajak shartnoma futbolchini sotib olish huquqini o‘z ichiga olmaydi. 

Ma’lumot uchun, 27 yoshli Eldor Shomurodov 2021 yilning avgust oyida “Roma” safiga kelib qo‘shilgandi. Joriy mavsumda u klub safida 8 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta to‘p kiritdi.

Mashhur “Transfermarkt” portali o‘zbekistonlikning tranfser qiymatini 7 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Shomurodov Torino

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing