Har haftada 10 mingtagacha odam antitana testi topshiradigan bo‘ladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda aholida koronavirusga qarshi immunitet shakllanganini aniqlovchi antitanacha testlarini o‘tkazish boshlanadi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sanitariya-epidemiologiya xizmati rahbari Bahodir Yusupaliyevga tegishli ko‘rsatmani berdi.

“Sanitariya-epidemiologiya xizmati jamoaviy immunitet shakllanishi jarayonini monitoring qilib borish uchun, har haftada 10 mingtagacha antitanachalar (immunoferment) tahlilini o‘tkazishni tashkil etishi kerak”, dedi davlat rahbari.

Koronavirusli pnevmoniya bemor tuzalganidan keyin ham, uning ichki organlarida og‘ir asorat qoldiradi. Shu sababli, Bosh vazir o‘rinbosarlari Behzod Musayev, Jamshid Qo‘chqorov va Sog‘liqni saqlash vazirligi bir hafta muddatda kovidli pnevmoniyadan tuzalgan aholini reabilitatsiya qilish markazlarini tashkil etish bo‘yicha aniq takliflarni va hisob-kitoblarni kiritadi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, aholini koronavirusga qarshi immunitetga tekshirish masalasi bot-bot ko‘tarilsa ham, antitanacha testlarini boshlash ishlari yo‘lag qo‘yilmay kelinayotgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

300

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing