Ahmadaliyev qachon Inoue bilan jang qiladi?

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi, sobiq WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliyev to‘rt vazn toifasida boks bo‘yicha jahon chempioni yaponiyalik Naoya Inouega qarshi dekabr oyida jang qilishi mumkin. Bu haqda Ahmadaliyevning o‘zi QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

“Inoue Ti Jey Doxeni bilan jang qilishga qaror qildi. Menimcha, Inoue bilan bahsgacha bitta jang o‘tkazaman. Noayaga qarshi esa dekabrda ringga chiqishim mumkin, hozircha hech narsa aniq emas”, deydi Ahmadaliyev.

Ma’lumot uchun, 29 yoshli Murodjon Ahmadaliyev shu vaqtga qadar professional boksda 13 ta jang o‘tkazib, 12 tasida raqiblaridan ustun kelgan. 1 ta bahsda esa imkoniyatni boy berib, o‘ziga tegishli WBA va IBF kamarlarini qo‘ldan chiqargan. Janglarining 9 tasida raqiblarini nokautga uchratgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq vazn chempioni Naoya Inoue avstraliyalik Ti Djey Doxeniga qarshi jang o‘tkazishi xabar qilingandi. Jang sentyabr oyida Tokioda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Naoya Inoue Murodjon Ahmdaliev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing