Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi jangi sanasi va raqibi e’lon qilindi
Sport
−
05 may
9422O‘zbekistonlik professional bokschi Murodjon Ahmadaliyev navbatdagi jangini 30 may kunu o‘tkazadi. Bu haqda “Matchroom¨ promouterlik kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.
O‘sha kuni Meksikaning Gvadalaxara shahrida tashkil etiladigan profboks kechasida Ahmadaliyevga meksikalik Luis Kastilo raqiblik qiladi.
Kastilo ustidan qozoniladigan g‘alaba Ahmadaliyevga 14 sentyabr kuni Yaponiya poytaxti Tokio shahrida mutlaq chempion Naoya Inoue bilan jang qilish imkoniyatini beradi.
Ma’lumot uchun, WBA Interim kamari hisoblangan 30 yoshli Ahmadaliyev profringda 13-1 rekordga ega, uning bo‘lajak raqibi 51 yoshli Kastilo esa profboksda 31 ta g‘alaba, 6 ta mag‘lubiyat qayd etgan.
LiveBarchasi