Ahmadaliyev himoya jangi bo‘yicha kelishuvga erishdi

Sport

image

Eng yengil vazn toifasi (-55 kg)da IBF va WBA kamarlari sohibi, o‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev  filippinlik Marlon Tapalesga qarshi himoya jangini o‘tkazadi. Bu haqda “BoxingScene” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ikkala bokschi ham jangning moliyaviy tomonlari bo‘yicha kelishib olgan. Hozircha jang sanasi va o‘tkazilish joyi ma’lum emas, lekin to‘qnashuv 2023 yilning ilk choragida yoki aprel oyining oxirida bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Ma’lumot uchun, Ahmadaliyev 2022 yil iyun oyida amerikalik Ronni Rios (33-3)ni mag‘lubiyatga uchratib, o‘ziga tegishli WBA va IBF kamarlarini uchinchi bor muvaffaqiyatli himoya qilgan, Tapales esa oxirgi jangini o‘tgan yilning may oyida meksikalik Xose Estrella (23-19-1)ga qarshi o‘tkazib, muddatidan avval g‘alaba qozongandi.


Maqola muallifi

Teglar

Boks Ahmadaliyev

Baholaganlar

1

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing