9 oyda O‘zbekistonga 10,5 mln dollarlik elektromobil import qilingan

Jamiyat

image

Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonga 9 ta xorijiy davlatdan 558 ta elektromobil import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 9 ta xorijiy davlatdan import qilingan elektromobillarning umumiy qiymati 10,5 million AQSH dollarini tashkil qiladi. 

Joriy yilning 9 oyida quyidagi davlatlardan elektromobillar import qilingan:

Xitoy – 499 ta;

Turkiya – 24 ta;

Litva – 13 ta;

Germaniya – 8 ta;

AQSH – 6 ta;

Janubiy Koreya – 5 ta;

Ispaniya – 1 ta;

Rossiya – 1 ta;

Gonkong – 1 ta. 

Ma’lumot uchun, elektromobil importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 476 taga yoki qariyb 7 baravarga oshgan.

Avvalroq, joriy yilning sentyabr oyida O‘zbekistonga xorijdan 57 ta elektromobil import qilingani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

elektromobil

Baholaganlar

55

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing