Sentyabrda o‘zbekistonliklar qancha elektromobil sotib olgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
27 Oktabr 2021 7978 1 daqiqa
Joriy yilning sentyabr oyida O‘zbekistonga xorijdan 57 ta elektromobil import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich 2021 yilning avgust oyiga nisbatan 12 taga kam.
O‘zbekistonda sentyabr oyidagi elektromobillar xaridi uchun 1,3 mln AQSH dollari sarflangan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning avgust oyida O‘zbekistonga xorijdan 69 ta elektromobil import qilingandi.
Live
BarchasiPutin Imomali Rahmonga ta’ziya bildirdi.
22 dekabr