Yunusobodda elektromobilga o‘t ketdi
3-sahifa
−
10:50 1057 1 daqiqa
Kecha, 28 avgust kuni Toshkent shahar Yunusobod tumanida elektromobilda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 02:16 da Toshkent shahar Yunusobod tumani, G‘ayratiy ko‘chasi 79-uy oldida, elektromobil yonayotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar FVBBga xabar tushgan.
.jpg)
Shunga ko‘ra, qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga zudlik bilan yetib borib, yong‘in soat 02:24 da o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Yashnobod tumanida elektromobilda yong‘in sodir bo‘lgan edi.
Live
BarchasiTibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshdi
28 avgust
Maktablarda qamrov 78 foizga oshirildi
28 avgust